Fransiya hukumati harbiy kuchlardan Yangi Kaledoniyaning (Fransiyaning xorijdagi hududi) dengiz portlari va aeroportlarini qo‘riqlash uchun foydalanadi.
Bu haqda bosh vazir Gabriel Attal respublika Ichki ishlar vazirligidagi inqirozga qarshi shtab yig‘ilishining ochilishida ma’lum qildi.
"Qurolli kuchlar a’zolari Yangi Kaledoniya portlari va aeroportlari xavfsizligini ta’minlash uchun joylashtiriladi", dedi bosh vazir.
Unga ko‘ra, rasmiylar Yangi Kaledoniyada ham TikTok ijtimoiy tarmog‘ining faoliyatini to‘xtatib turishni buyurgan.