Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Evropa Ittifoqi Isroilga murojaat qildi

Evropa Ittifoqi Isroilga murojaat qildi

Evropa diplomatiyasi rahbari Josep Borrel Isroilni G‘azo sektori janubidagi Rafah shahrida tinch aholi xavfsizligini ta’minlashga chaqirdi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.

«Isroil xalqaro huquq bo‘yicha tinch aholi xavfsizligini ta’minlash majburiyatiga ega», deb yozadi u.

Borrell Isroil rasmiylarini Rafahda qirg‘in o‘tkazmaslikka chaqirdi, chunki bu dahshatli gumanitar inqirozni yanada kuchaytirishi mumkin. Uning ta’kidlashicha, tinch aholini Rafahdan xavfli hududlarga evakuasiya qilishga majburlash mumkin emas.

Kiritildi: 13:15 12.05.2024. O'qildi: 4761 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!