Bugun 27 iyul, 2024 yil, shanba

КИР

Hasanboy Do‘smatov Rossiyadagi yurishini g‘alaba bilan boshladi

Hasanboy Do‘smatov Rossiyadagi yurishini g‘alaba bilan boshladi

Xabaringiz bor, boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Rossiya va Qozog‘istonda o‘tayotgan an’anaviy turnirlarda ishtirok etmoqda.

Ostona shahrida davom etayotgan «Elorda kubogi» bahslarining erkaklar o‘rtasidagi chorak final janglarida 10 nafar vakilimiz ringga ko‘tarildi. Unda afsuski Muhammadqodir Mamirjonov, Xudoynazar Fayzov, Madiyar Daniyarov, Shahboz Yunusaliyev, G‘afur Tohirov va Sardor Shomurodov imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Mirazizbek Mirzaxalilov, Athamjon Muhiddinov, Havasbek Asadullayev, A’loxon Abdullayev va Rahmatullo Boymatov kabi mahoratli bokschilarimiz yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Rossiyaning Xabarovsk shahri mezbonlik qilayotgan xalqaro turnirda -71 kg. vazndagi bokschimiz Iqboljon Holdorov mashg‘ulot chog‘idagi kichik jarohati tufayli ringga ko‘tarilmadi.

Biroq, 54 kilogrammgacha vazndagi ikki bokschimiz o‘z ishtirokini g‘alaba bilan boshladi. Aniqrog‘i, Shahzod Muzaffarov ushbu vaznda qirg‘izistonlik Nurseit Ashirmamatovni, Hasanboy Do‘smatov esa Vyacheslav Mirzayevni 5:0 hisobida taslim qildi.

Kiritildi: 12:13 16.05.2024. O'qildi: 3297 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!