Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Yashnobod tuman hokimi o‘zini 62 mln so‘m bilan mukofotladi(mi?)

Yashnobod tuman hokimi o‘zini 62 mln so‘m bilan mukofotladi(mi?)

2024 yil 23 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Yashnobod tuman hokimi o‘zini 62 mln so‘m bilan mukofotladi” sarlavhasi bilan axborot tarqatildi.

Mazkur xabar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi muammolarning hal etilishi, aholi bilan ochiq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish, hududlarni rivojlantirish bo‘yicha sektorlarning faoliyatiga baho berishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 23 avgustdagi 536-son qarorida:

  • sektorlar faoliyati samaradorligini baholash Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi orqali amalga oshirilishi;
  • baholash natijalari bo‘yicha hududlar darajasida “Eng tashabbuskor sektor” yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar aniqlanishi va 1-o‘rin uchun BHMning 200 baravari, 2-o‘rin – 150 baravari, 3-o‘rin – 100 baravari miqdorida pul mablag‘i bilan rag‘batlantirilishi belgilangan.

Shunga muvofiq, Toshkent shahar hokimining farmoyishiga asosan,

12 tumanning barcha 48 ta sektori kesimida o‘tkazilgan baholash natijasida Yashnobod tumani hokimi 1-sektor rahbari B.Raxmankulov 2-o‘rinni egallagan va unga BHMning 150 baravari miqdorida pul mukofoti ajratilishi belgilangan.

Yuqorida qayd etilgan Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, mukofot mablag‘lari mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplanadi.

2024 yil 13 martda Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Yashnobod tumani hokimining 2024 yil 24 oktyabrdagi qarori qabul qilinib, B.Raxmankulovga 61,9 mln so‘m ajratilishi ko‘rsatilgan. Ajratilgan mablag‘dan 12,4 mln so‘m yagona ijtimoiy to‘lov, 5,9 mln so‘m daromad solig‘i ushlab qolinib, B.Raxmankulovga 43,6 mln so‘m pul mukofoti berilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar buzib ko‘rsatilgan bo‘lib, Yashnobod tumani hokimi 1-sektor rahbari B.Raxmankulov qonunchilikka muvofiq rag‘batlantirilganligini ma’lum qilinadi.

Kiritildi: 02:35 26.12.2024. O'qildi: 910 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!