Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz shahar bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.V. fuqaro X.A.ga tegishli noturar binoning yordamchi xo‘jaligida yashirin sex tashkil etib, qo‘lbola usulda yasalgan moyjuvoz uskunasi yordamida iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlari ishlab chiqarib kelayotganligi aniqlanib, sotish uchun tayyorlab qo‘yilgan yog‘ mahsulotlari va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan, shuningdek I.V. umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulanib, jami 235 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Xuddi shunday, Departamentning Kitob tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro “L.B.” tanishiga tegishli noturar binoning yordamchi xonasida yashirin sex tashkil etib, iste’molchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan yog‘ mahsuloti ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, 600 litr yog‘, 175 kg chigit va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.