Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

“Yashil” sanoatlashtirish bo‘yicha Germaniyaning 9 mln yevro grand mablag‘i jalb qilinadi

A A A
“Yashil” sanoatlashtirish bo‘yicha Germaniyaning 9 mln yevro grand mablag‘i jalb qilinadi

Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) Markaziy Osiyo mintaqaviy dasturlar klasteri koordinatori Torsten Brezina o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Unda tomonlar joriy loyihalar holatini muhokama qildi va “yashil” iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlarini belgilashga e’tibor qaratdi.

Shuningdek, unda O‘zbekistonda xususiy sektorni rivojlantirish loyihasi va iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatlashuvlar muhokama qilindi. Ushbu loyiha Iqtisodiyot va moliya vazirligiga iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va barqaror iqtisodiy rivojlanish uchun shart-sharoitlarni ta’minlashda, ayniqsa, “yashil” sanoatlashtirish va “yashil” iqtisodiyot bo‘yicha davlat va xususiy sektor salohiyatini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratishda ko‘mak beradi.

Vazirlik axborot xizmatiga ko‘ra, taklif etilayotgan loyiha intensiv salohiyatni oshirish, ish joyida o‘qitish, xalqaro aloqalar va bilimlarni uzatish orqali barqaror “yashil” iqtisodiyot va sanoat siyosatini ishlab chiqadi hamda joriy etadi. Loyiha issiqxona gazlarini o‘lchash va sertifikatlash bo‘yicha ekspert bilimlarini taqdim etadi. O‘zbekistonning SO2 sertifikatlari bilan xalqaro savdoda ishtirok etishini va Yevropa ittifoqining transchegaraviy tartibga solish mexanizmiga moslashishini qo‘llab-quvvatlaydi.

Loyiha doirasida iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlariga juda moyil bo‘lgan hududlar hamda tarmoqlarni tanlash kutilmoqda.

Uchrashuv yakunida GIZ va vazirlik o‘rtasida qiymati 9 million yevrolik (grand mablag‘i) “O‘zbekistonda “yashil” sanoatlashtirish bo‘yicha xususiy sektorni va iqtisodiy siyosatlar bo‘yicha maslahatlar” loyihasini amalga oshirishga doir kelishuv imzolandi.

Eslatib o‘tamiz, tomonlar o‘rtasidagi uchrashuv Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining 28-sessiyasi doirasida o‘tkazildi.

Kiritildi: 15:34 07.12.2023. O'qildi: 1180 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!