Bugun 26 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Yaqin Sharqdagi mojaro fonida Trampning reytingi keskin pasaydi

Yaqin Sharqdagi mojaro fonida Trampning reytingi keskin pasaydi

Yaqin Sharqdagi mojaro fonida Trampning reytingi keskin pasaydi — Reuters.

Qo‘shma Shtatlarning amaldagi prezidentini qo‘llab-quvvatlash reytingi Erondagi vaziyat fonida rekord darajada – 36 foizgacha tushib ketdi. Trampning bu boradagi ko‘rsatkichlari u prezidentlikni qabul qilib olgan ilk oylarda 47 foizni, Yaqin Sharqdagi urush oldidan esa 40 foizni tashkil qilgan edi.

Reuters/Ipsos so‘rovnomasida qayd etilishicha, 25 foiz amerikalik Trampning narx-navo bo‘yicha siyosatini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, Oq uy rahbarini iqtisodiy sohada 29 foiz aholi qo‘llab-quvvatlagan. 61 foiz aholi esa AQShning Eronga zarbalariga qarshi. Shu bilan birga, 63 foiz amerikalik AQSh iqtisodiyotini “zaif” deb baholagan.

Qayd etilishicha, bu Tramp Oq uyga qaytganidan beri eng past daraja hisoblanadi. Buning asosiy sabablari sifatida Eron bilan urush hamda benzin va yashash xarajatlarining oshishi ko‘rsatilgan.

"Muhim jihati shundaki, Tramp saylov kampaniyasida “yangi urushlardan qochish”ga va’da bergan edi. Ammo Eron bilan ziddiyat va neft narxlarining o‘sishi uning pozisiyalariga bosimni kuchaytirmoqda", deyiladi Reuters xabarida.

Kiritildi: Bugun 16:11. O'qildi: 354 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!