Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Yaqin Sharq tinchligi?

Yaqin Sharq tinchligi?

Tramp saylovoldi tashviqoti davomida Eronning yadro quroliga ega bo‘lishining oldini olishini bir necha bor aytgan edi.

Sentyabr oyida Tramp Qo‘shma Shtatlar Eron bilan yadroviy dasturini to‘xtatish uchun kelishuvga erishishi kerakligini aytgan edi.

Oktyabr oyi o‘rtalarida Tramp «Al-Arabiya» telekanaliga, agar saylovda g‘alaba qozonsa, Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatilishi mumkinligini aytdi.

Tramp Ibrohim kelishuvlaridan — uning ma’muriyati 2020 yilda Isroil va Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn, Sudan va Marokash o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish uchun yordam bergan bir qator individual diplomatik kelishuvlarni keltirib o‘tgan.

Tramp Ibrohim kelishuvlarini uning tashqi siyosatidagi eng katta yutug‘i va Yaqin Sharqda mumkin bo‘lgan tinchlikning poydevori sifatida ta’riflagan.

U Eron va boshqa bir qancha davlatlar bilan ham shunga o‘xshash kelishuvlar bo‘yicha muzokaralar olib borish istagida ekanligini aytgan.

Kiritildi: 22:24 09.11.2024. O'qildi: 1053 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!