Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Yaponlarga armiya nega kerak bo‘lib qoldi?

Yaponlarga armiya nega kerak bo‘lib qoldi?

Jahon urushlarida Yaponiya doimo tajovuzkorlardan biri bo‘lgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin Yaponiyada o‘z armiyasini tuzish qonunan taqiqlangan. Ammo oradan 75 yil o‘tib, yaponlar yana armiya tuzish niyatida g‘imirlab qoldi, deb yozadi «AiF» (2020 yil, 44-son).

«Konstitusiyaga ko‘ra, Yaponiya o‘zini mudofaa qilish kuchlarigagina ega bo‘lishi mumkin, - deydi RFA sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi Dmitriy Strelsov. – Ammo amalda bu to‘laqonli armiya, harbiy byudjet bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda turadi».

Shunga qaramasdan, yapon millatchilarini armiyani cheklash maqomi qanoatlantirmayapti. Yaponiya AQSh bilan ittifoqchilik munosabatida. Dunyoda o‘z qurollari kuchlariga tayanib salmoqli o‘rin egallaydi. Shu bois oldingi bosh vazir Sindzo Abe va hozirgi Yosixide Suga konstitusiyaga o‘zgartirish kiritish lozimligini ta’kidlashdi. Buni mamlakat aholisining kamida yarmidan ko‘prog‘i qo‘llab-quvvatlashi kerak. Ammo hozircha bunday bo‘lmayapti, deydi Strelsov.

T.SHOMURODOV tayyorladi.

Kiritildi: 04:00 03.12.2020. O'qildi: 4211 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!