Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Yaponiyalik olimlar ilmiy kashfiyotlar uchun birinchi AI tizimini yaratdilar

A A A
Yaponiyalik olimlar ilmiy kashfiyotlar uchun birinchi AI tizimini yaratdilar



Yaponiyaning sun’iy intellekt tadqiqot kompaniyasi Sakana AI ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan birinchi sun’iy intellekt tizimini yaratdi.

Kompaniya saytida e’lon qilingan nashrda aytilishicha, yangi tizim Foerster laboratoriyalari, Oksford universiteti va boshqa universitetlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Yangi AI tizimi ilmiy izlanishlar va kashfiyotlarni tezlashtirish uchun kengaytirilgan imkoniyatlarni taqdim etadi va foydalanuvchilarga g‘oyalar yaratish, kod yozish, tajribalar o‘tkazish, natijalarni umumlashtirish, tadqiqot ishlarini yozish va o‘zaro sharhlarni yakunlash kabi turli vazifalarni bajarishda yordam beradi.

Kiritildi: 14:43 14.08.2024. O'qildi: 1135 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!