Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Yaponiyalik mutaxassislar COVID-19 epidemiyasining to‘qqizinchi to‘lqinini bashorat qilishdi

Yaponiyalik mutaxassislar COVID-19 epidemiyasining to‘qqizinchi to‘lqinini bashorat qilishdi

Yaponiyalik ekspertlarning fikricha, mamlakatda koronavirusning to‘qqizinchi to‘lqini davrida o‘lim holatlari ko‘p bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, qariyalar xavf ostida bo‘ladi, deb xabar berdi NHK.

Mutaxassislar Yaponiyada koronavirusning mumkin bo‘lgan to‘qqizinchi to‘lqini bo‘yicha hujjat tayyorladi. Ular orasida mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ekspertlar kengashiga rahbarlik qiluvchi Vakita Takadzi va Toxoku universiteti professori Ositani Xitosi ham bor.

Hujjat shuni ko‘rsatadiki, cheklovlar yumshatilgandan keyin Yaponiyaning aksariyat qismlarida koronavirus bilan kasallanganlar soni ortib bormoqda. Mutaxassislar fevral va mart oylarida olib borilgan tadqiqot natijalarini taqdim etdi. Bu aholining atigi 32,1 foizida koronavirus bilan kasallangani va antanachalarning borligini ko‘rsatdi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, antanachalar bo‘lgan odamlar sonining kamligi keyingi to‘qqizinchi to‘lqin bu qishdagi sakkizinchi to‘lqindan kuchliroq bo‘lishini ko‘rsatadi.

Shuningdek, ekspertlarning ta’kidlashicha, agar epidemiya vaqtida emlanganlar foizi past bo‘lsa, o‘lim darajasi boshqa mamlakatlardagidan yuqori bo‘ladi. Bu, ayniqsa, keksalar uchun xavflidir.

Kiritildi: 22:54 22.04.2023. O'qildi: 1808 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!