Bugun 10 may, 2024 yil, juma

КИР

Yaponiyadagi o‘zbeklar o‘zaro pul yig‘ib, savobli ishga qo‘l urishdi

Yaponiyadagi o‘zbeklar o‘zaro pul yig‘ib, savobli ishga qo‘l urishdi

Yaponiyadagi O‘zbekiston elchisining bevosita yordami, Vazirlar Mahkamasi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining ko‘magi bilan Paramount Beds kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan 13ta tibbiyot yotoq koykalarini xayriya qilib jo‘natishdi. Paramount Beds krovatlari tibbiyot sohasidagi eng ilg‘or krovatlar hisoblanib, oddiylaridan mutlaqo farq qiladi. U kasalning har bir tana a’zosi joylashgan joyni alohida pult orqali boshqarish imkoniyatini berib, komada yotgan va og‘ir kasallar uchun eng kerakli jihoz hisoblanadi.

Ushbu xayrli ishlariga bosh qo‘shgan, ehson qilgan, shu ehsonlarni O‘zbekistonga yuborishda mehnat qilgan Yaponiyadagi barcha yurtdoshlarimizga minnatdorlik bildiramiz. Baraka topinglar!

Kiritildi: 13:18 03.04.2020. O'qildi: 2496 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!