Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Germaniya Ukrainaga nafaqat qurol bilan yordam beradi, balki…

Germaniya Ukrainaga nafaqat qurol bilan yordam beradi, balki…

Germaniyaning iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vaziri Svenya Shulze e’lon qilinmagan tashrif bilan Kiyevga keldi.

Deutsche Welle xabariga ko‘ra , 9 may, payshanba kuni bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda ular Ukraina energetika tarmog‘ini rivojlantirish, mutaxassislar tayyorlashda Germaniya yordami va boshqa mavzular haqida gaplashadi.

«Shifokorlar va elektriklar kamida tanklar kabi muhim ahamiyatga ega. Bu yerda odamlar har kuni o‘z mamlakatini qayta qurmoqdalar va taslim bo‘lishmaydi. Shuning uchun nafaqat qurol-yarog‘ bilan, balki fuqarolik infratuzilmasini tiklashda ham yordam ko‘rsatilishi juda muhim», — dedi Shulze Kiyev vokzaliga yetib kelgach.

Shulze 11-12 iyun kunlari Berlinda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Ukrainani qayta tiklash bo‘yicha yirik konferensiyani tayyorlash uchun Kiyevga kelgan. Boshqa narsalar qatorida, Ukrainada kichik va o‘rta korxonalarni qanday qo‘llab-quvvatlash va bu mamlakatni tiklash uchun mutaxassislarni topish masalalari muhokama qilinadi. Anjumanda 1500 ga yaqin vakil ishtirok etishi kutilmoqda.

Germaniya Ukrainaning Yevropadagi eng yirik harbiy, moliyaviy va gumanitar homiysi hisoblanadi. 2022 yil fevralida Rossiya Ukrainaga hujum qilganidan beri Svenya Shulze Kiyevga ikki marta tashrif buyurgan. U Ukrainani tiklash bo‘yicha Berlin konferensiyasining asosiy tashkilotchilaridan biridir.

Kiritildi: 16:35 09.05.2024. O'qildi: 6308 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!