Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Qodirovning «shaytonlar» uchun «syurpriz»lari bor

Qodirovning «shaytonlar» uchun «syurpriz»lari bor

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Ukrainaga qarshi urushda foydalanish uchun «yangi strategiya» ishlab chiqayotganini aytdi.

Bu qanday «strategiya» ekanligini Qodirov ochiqlamadi. Sirni ochib bera olmasligini ta’kidladi.

«Men bu shaytonlar uchun syurpriz qilmoqchiman. Men buni o‘z nomimdan aytdim. Men nima qila olishimni ko‘raman. U yerda to‘qqiz mingdan ortiq askarimiz bor, balki yaxshi zarar yetkaza olarmiz», — dedi Qodirov.

Ilgari Checheniston rahbari 9 maydan keyin «yaxshi va yoqimli» o‘zgarishlar bo‘lishini va’da qilgan, biroq ular haqida ochiqlamagan.

Kiritildi: 18:45 09.05.2024. O'qildi: 8730 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!