Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Yaponiyada o‘limga olib keladigan xavfli infeksiya aniqlandi

A A A
Yaponiyada o‘limga olib keladigan xavfli infeksiya aniqlandi

Yaponiya rasmiylari nekroz va o‘limga olib keladigan gemolitik streptokokk infeksiyasi holatlari sonining rekord darajada o‘sishini qayd etmoqda.

Milliy yuqumli kasalliklar instituti ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan 5 mayga qadar mamlakatda 801 ta infeksiya holati qayd etilgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,76 barobar ko‘pdir. O‘tgan yil davomida shifokorlar 941 kishida gemolitik streptokokk infeksiyasini aniqlashdi.

Zararlanish darajasining o‘sishining aniq sabablari noma’lum, ammo mutaxassislar pandemiya davrida qo‘yilgan cheklovlar yengillashgani sababli, xuddi shu turdagi bakteriyalar keltirib chiqaradigann faringit bilan kasallanish holatlari ham ko‘payganini ta’kidlamoqda.

Kiritildi: 16:34 16.06.2024. O'qildi: 1594 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!