Bugun 10 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

Yaponiyada tug‘ilish keskin kamaymoqda

Yaponiyada tug‘ilish keskin kamaymoqda

Toxoku universiteti professori Xiroshi Yoshidaning so‘nggi hisob-kitobiga ko‘ra, tug‘ilish darajasi keskin tushib borayotgan kun chiqar yurtda 2720 yilga kelib, 14 yoshgacha birgina bola qoladi. 2023 yil 1 aprelda e’lon qilingan avvalgi hisobotda ayni holat 2821 yilda kuzatilishi taxmin qilingan edi.

Yillik tug‘ilish statistikasiga asoslangan ushbu xulosa maxsus yaratilgan onlayn soat imkoniyatiga tayanib chiqarilgan.

Aholi qarishi va tug‘ilish kamayishi muammosi Yaponiya uchun juda dolzarb masalaga aylangan. Ilmiy-tadqiqot institutlari faraziga ko‘ra, 2024 yil dunyoga kelgan chaqaloqlar soni tug‘ilish statistikasi yuritila boshlangandan beri birinchi marta 700 mingdan pasaydi. Hukumat hisobicha, bu holat 2038 yil sodir bo‘lishi kerak edi.

Hozir mamlakat aholisining atigi 11 foizini 15 yoshgacha bo‘lganlar, deyarli 30 foizini esa 65 yoshdan oshganlar tashkil qiladi.

Kiritildi: 09:43 09.01.2025. O'qildi: 420 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!