Bugun 21 iyun, 2024 yil, juma

КИР

Yaponiyada streptokokk bilan kasallanish rekord darajada ko‘paydi

Yaponiyada streptokokk bilan kasallanish rekord darajada ko‘paydi

Yaponiyada tez rivojlanadigan va o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan streptokokk toksik shok sindromi (STSS) holatlari rekord darajada ko‘paymoqda, deya xabar beradi NHK World-Japan.

STSS, birinchi navbatda, A guruhi streptokokk bakteriyasidan kelib chiqadi.

Bemorlarda oyoq-qo‘llarining nekrozi rivojlanishi va organlar yetishmovchiligi paydo bo‘lishi mumkin.

2024 yil boshidan 5 maygacha Yaponiyaning yuqumli kasalliklar milliy instituti bu yili 801 ta STSS holati haqidagi dastlabki hisobotlarni oldi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,76 barobar ko‘pdir.

Kasalliklar soni o‘tgan yilga nisbatan tezroq o‘sib boryapti, bemorlar soni 941 taga yetgan. Bu ma’lumotlar yig‘ish boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. Tez o‘sish sabablari aniqlanmagan. Biroq mutaxassislarning qayd etishicha, koronavirusga qarshi chora-tadbirlar yumshatilgandan keyin streptokokk faringit bilan kasallanish holatlari ko‘paygan.

Mie milliy kasalxonasi rahbari Taniguchi Kiyosuning aytishicha, streptokokklar keng tarqalgan. Biroq, uning ta’kidlashicha, ular tanaga kesilgan va boshqa jarohatlar orqali kirsa, oqibatlari jiddiy bo‘lishi mumkin. U odamlarni yaralarni dezinfeksiya qilishga va qo‘l yuvish kabi profilaktika choralariga rioya qilishga chaqiradi.

Kiritildi: 23:17 16.05.2024. O'qildi: 1663 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!