Yaponiya janubi-g‘arbidagi Fukuoka prefekturasida kichik samolyot qulashi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda NHK telekanali ma’lum qildi.
"O‘t o‘chiruvchilarga mahalliy vaqt bilan soat 10:45 da favqulodda qo‘ng‘iroq kelib tushdi. Taxminan 12:15 da polisiya va o‘t o‘chiruvchilar Oita prefekturasi bilan chegara yaqinidagi tog‘larni tintuv qilishdi va yo‘lovchilarning jasadlari bilan birga samolyot qoldiqlari bo‘lishi taxmin qilinayotgan narsalarni topdi", — deyiladi xabarda.
Samolyot mahalliy vaqt bilan taxminan 10:13 da Saga aeroportidan uchib ketdi. U Osakadagi Yao aeroportiga 12:43 da yetib kelishi kerak edi. Samolyot havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay favqulodda signal uzatgan, shundan so‘ng aloqa uzilgan.