Yaponiyaning Tohoku Electric Power operatori Miyagi prefekturasida 29-oktabr kuni qayta ishga tushirilgan Onagava atom elektr stansiyasining (AES) ikkinchi energiya blokini to‘xtatdi. Bu haqda Kyodo agentligi xabar berdi .
Nashr ta’kidlaganidek, stansiyada elektr energiyasi ishlab chiqarishni 3 noyabrdan boshlash rejalashtirilgan edi, biroq jarayon boshlanmadi, operasion kompaniya reaktorni to‘xtatishga qaror qildi. Buning sababi uskunaning noto‘g‘ri ishlashi edi. Aniqlik kiritilishicha, reaktor ichidagi neytronlarni o‘lchash uskunasi ishlamay qolgan.
Mutaxassislar nosozlik sababini aniqlash uchun tekshiruv o‘tkazadilar. Ikkinchi reaktorni qayta ishga tushirish vaqti aniqlanmagan.