Qatl etilgan shaxs Takaxiro Shiraishi bo‘lib, u to‘qqiz kishini o‘ldirgan va qismlarga bo‘lgan.
Uning kvartirasida tintuv o‘tkazilganda bosh va boshqa tana qismlari topilgan. U qotilliklarga iqror bo‘lib, “shunchalik ko‘p odamni o‘ldirganidan, endi kim kimligini eslay olmasligini” aytgan. Polisiya qurbonlarning shaxsini aniqlash uchun DNK testini o‘tkazishi kerak bo‘lgan.
2021 yilda sud 34 yoshli Shiraishni o‘limga hukm qildi. Yaponiyada o‘lim jazosi osish orqali amalga oshiriladi.