Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Yaponiyada 16 kishini chaqmoq urdi

Yaponiyada 16 kishini chaqmoq urdi

Yaponiyaning Miyazaki muzofotida yashin chaqnab, maktab futbol maydonida o‘ynayotgan 16 kishini jarohatladi.

“Kyodo” agentligi xabariga ko‘ra, Oyodo Gakuen Xosho liseyida ikki jamoa o‘rtasidagi mashg‘ulot payti yuz bergan hodisadan so‘ng darhol o‘quv muassasasiga o‘t o‘chirish boshqarmasi xodimlari yetib kelgan.

Jabrlanganlar kasalxonaga yotqizildi, ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir. NHK davlat teleradiokompaniyasi xabarida yashin urganlar yurak xurujiga uchragani aytilgan.

Yaponiya meteorologiya agentligi (JMA) iliq va nam ob-havo past bosimga sabab bo‘layotgani, yomg‘ir bulut to‘planishi va chaqmoq chiqishi uchun sharoit yaratayotganidan ogohlantirgan.

Kiritildi: 12:14 04.04.2024. O'qildi: 992 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!