Bugun 23 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Eronni “sabr"ga chaqirdi

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Eronni “sabr"ga chaqirdi

Yaponiya hukumati Eronni Yaqin Sharqdagi keskinlikning yanada kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun sabr qilishga cha

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Takesi Ivaya eronlik hamkasbi Abbos Aragchi bilan telefon orqali muloqot qildi.

qirdi. Bu haqda Anadolu ma’lum qildi.

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Takesi Ivaya eronlik hamkasbi Abbos Aragchi bilan telefon orqali muloqot qildi.

40 daqiqa davom etgan suhbat chog‘ida Ivaya o‘z mamlakatining Yaqin Sharqdagi keskinlikning kuchayishi, xususan, Eronning Isroilga qilgan so‘nggi hujumidan jiddiy xavotirda ekanligini bildirdi, deya xabar beradi Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Ivaya barcha tomonlarni, jumladan Eronni ham keskinliklar yanada kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun sabrga chaqirdi va mintaqada keskinlik kuchaygan taqdirda Yaponiya fuqarolari xavfsizligini ta’minlashda Erondan yordam kutishini aytdi.

Eron Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan yozma bayonotga ko‘ra, Aragchi va Ivaya mintaqadagi so‘nggi o‘zgarishlar haqida fikr almashgan.

Vazirlar yana beqarorlikning oldini olish, G‘azo va Livanda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va Isroil hujumlari sodir bo‘lgan taqdirda bu hududlarga insonparvarlik yordamini yetkazish uchun xalqaro sa’y-harakatlar zarurligini ta’kidladilar.

Tashqi ishlar idoralari rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadida maslahatlashuvlarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Kiritildi: 23:55 22.10.2024. O'qildi: 454 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!