Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Yaponiya Rossiyaga o‘yinchoqlar, kameralar va samolyotlar eksport qilishdan bosh tortmoqda

A A A
Yaponiya Rossiyaga o‘yinchoqlar, kameralar va samolyotlar eksport qilishdan bosh tortmoqda

Yaponiya hukumati bir qator tovarlarni Rossiyaga eksport qilishni taqiqlashga qaror qildi. Bu «xalqaro tinchlikka erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlarga hissa qo‘shish» maqsadida amalga oshirilmoqda”, bayonot berdi mamlakat Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi.

Yaponiya po‘lat va po‘lat mahsulotlarini; alyuminiy va undan tayyorlangan mahsulotlar; qurilish uskunalari; dvigatellar; radio va elektron uskunalar; transport; samolyotlar va kosmik kemalar, ularning qismlari; uchuvchisiz uchish apparatlari; optik va o‘lchash uskunalari; fotografiya uskunalari; optik tolali kabel; kameralar va durbinlar; o‘yinchoqlar va modellarni Rossiyaga eksport qilishni taqiqladi.

Taqiq 7 apreldan kuchga kiradi.

Agentlikning tushuntirishicha, bu chora «Ukraina atrofidagi mavjud xalqaro vaziyatni hisobga olgan holda» tinchlikka erishish uchun ko‘rilmoqda

Kiritildi: 15:59 31.03.2023. O'qildi: 1598 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!