Jahon chempionati-2026 uchinchi saralash bosqichining 7-turida Yaponiya Bahraynni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Gollarni Daichi Kamada (67) va Takefusa Kubo (87) kiritdi.
Bu g‘alaba orqali yaponlar "C" guruhida muddatidan avval JCH-2026 yo‘llanmasini hal qildi. Ular hisobida 7 o‘yinda 19 ochko bor.