Yaponiya hukumati Isroil fuqarolari uchun mamlakatga kirishni rasman taqiqlaganini e’lon qildi. Qarorga Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlari va u yerdagi harbiy amaliyotlar sabab qilib ko‘rsatilgan.
Rasmiy Tokioning ta’kidlashicha, ushbu cheklov inson huquqlari buzilishi va tinch aholiga nisbatan sodir etilgan harakatlar bilan bog‘liq holda joriy etilgan.
Qaror xalqaro maydonda katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda va Yaponiya tashqi siyosatda keskin pozisiya tutgan navbatdagi davlatlar qatoriga qo‘shildi.