O‘zbekistonga kelishni rejalashtirgan vazir iste’foga chiqishini aytdi.
Fumio Kisida Yaponiya Bosh vazirligi uchun sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlarda o‘z nomzodini qayta qo‘ymasligini va u iste’foga chiqishini Tokiodagi hukumat idorasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.
Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida sentyabr oyida iste’foga chiqishini, siyosiy janjallar bilan kechgan uch yillik muddatini yakunlashini va narxlarning ko‘tarilishi ta’sirini bartaraf etish uchun yangi bosh vazirga yo‘l ochib berishini aytgan.
U shuningdek, LDP boshqaruvida yangi yuz paydo bo‘lishi vaqti kelganini va ularning rahbariyatini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini aytgan.
«Bu saylovda xalqqa LDP o‘zgarayotganini va partiya yangi LDP ekanligini ko‘rsatish kerak. Buning uchun shaffof va ochiq saylovlar, erkin va qizg‘in bahs-munozaralar muhim ahamiyatga ega. LDP o‘zgarishini ko‘rsatishning eng aniq birinchi qadami men chetga chiqishimdir. Men bo‘lajak partiya prezidentlik saylovlarida ishtirok etmayman», degan Kisida.
Kisida 2021 yil sentyabrida uch yillik muddatga partiya prezidenti etib saylangan va ko‘p o‘tmay umumiy saylovda g‘alaba qozongan edi.
«U anchadan beri o‘lik odam bo‘lib yurgan», degan Maykl Cucek Tokiodagi Templ universitetining Yaponiya siyosati bo‘yicha mutaxassisi. Mutaxassis aytishicha, Kisidadan jamoatchilik noroziligi oldingi LDPning Abe o‘ldirilishidan keyin sobiq «Birlashma cherkovi» bilan o‘zaro aloqalari shuningdek, pul mablag‘lari bilan bog‘liq mojarolar va inflyasiya bosimini oshirgan iyen kursining pasayishi bilan bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiyaning Bosh vaziri Fumio Kisida 9-12 avgust kunlari Markaziy Osiyo davlatlari va Mo‘g‘ulistonga tashrifi Yaponiyadagi zilzila oqibatida ma’lum muddatga qoldirilgan edi. Shundan so‘ng Prezident Mirziyoyev Kisida bilan telefon orqali gaplashib, O‘zbekiston Yaponiya tomonining «Markaziy Osiyo + Yaponiya» birinchi sammitini o‘tkazish va Bosh vazir Kisidaning joriy yil 10-11 avgust kunlariga rejalashtirilgan O‘zbekistonga rasmiy tashrifi muddatlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi qarorini to‘liq tushunishni aytgan edi