Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida sentyabrda bo‘lib o‘tadigan Liberal-demokratik partiyasi raisligiga saylovlarda qatnashmaydi, deb xabar bermoqda NHK.
Kishidoning ta’kidlashicha, bo‘lajak saylovlarda «yangi Liberal-demokratik partiya»ni namoyish etish muhim. «Shunday ekan, birinchi aniq qadam men chetga chiqishimdir. Men bo‘lajak raislik saylovlarida qatnashmayman», — dedi Kisida.
Yaponiya bosh vaziri siyosatda qolgan holda partiyaning yangi rahbarini qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirayotganini qo‘shimcha qildi, biroq bu lavozimga nomzod nomini aytishdan bosh tortdi.