Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Yaponiya bilan AQSh qiruvchi samolyotlarni havoda qo‘llab-quvvatlaydigan dron ishlab chiqaradi

Yaponiya bilan AQSh qiruvchi samolyotlarni havoda qo‘llab-quvvatlaydigan dron ishlab chiqaradi

Yaponiya yangi avlod qiruvchi samolyotlarni qo‘llab-quvvatlab turadigan o‘chuvchisiz o‘zi uchar qurilmalarni ishlab chiqarishga kirishmoqda. Dronlarni ishlab chiqarish AQSh bilan mudofaa sohasida texnik hamkorlikning bir qismi sifatida amalga oshiriladi, deyiladi "Nikkey" gazetasi tarqatgan xabarda.

Dronlar dushman samolyotlari haqida ma’lumot to‘playdi, qiruvchi samolyot bilan ma’lumotlarni almashadi hamda agar raketa bilan jihozlangan bo‘lsa nishonga o‘t ochishga ham qodir.

Ishlanmaning sinov varianti 2025 yilda chiqadi, 2026 yildan boshlab asosiy variant ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi. 2035 yilda esa mazkur dronlar bilan armiyani ta’minlash boshlanadi.

Dronlardan qiruvchi samolyotlar bilan uyg‘un ravishda foydalanish havoda ustunlik beradi. Nashrning yozishicha, Ukrainadagi harbiy harakatlar dronlarning samarali ekanini isbotlagan, chunki bunday qurilmalar xavfli hududlarda ham parvoz qila oladi hamda kuzatuv imkoniyatlari ham sezilarli ravishda katta. Qiruvchi samolyot 80 million dollar turishi hisobga olinsa, dronlar xarajatlarni sezilarli ravishda kamaytirishi mumkin.

Kiritildi: 17:08 04.06.2022. O'qildi: 3804 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!