Inflyasiyaning 45 foizi oziq-ovqat mahsulotlari, ayniqsa, 13 foizi go‘sht hisobiga bo‘lgan.
Go‘shtda importga qaramlikni qisqartirish uchun ozuqa masalasini hal qilish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
Muborak tumanida 5 ming gektar yer foydalanishga kiritilib, makkajo‘xori ekish boshlanayotgani barcha uchun namuna ekani qayd etildi. Shu bois, bu yil qo‘shimcha 60 ming gektarda bu ishlarni tashkil qilish topshirildi. Bu qo‘shimcha 350 ming chorva uchun kafolatlangan ozuqa bazasi bo‘ladi.
Mayda shoxli qoramol naslini yaxshilash uchun o‘tgan yil Mo‘g‘ulistondan 100 ming qo‘y va echki olib kelindi. Bu yil ham mazkur ishlar davom ettirilishi belgilandi.
O‘tgan yil 772 ming tonna kartoshka import qilindi. Joriy yilda mutasaddilar, hokimlar 4,5 million tonna kartoshka hosili olishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.