Bugun Toshkent viloyati prokuraturasi hamda Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi bilan hamkorlikda Yangiyo‘l shahrida ekologik nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur reyd davomida Yangiyo‘l shahar, Mustaqillik MFY, Uzumzor ko‘chasida yashovchi fuqaro YU.SH. o‘z xonadonida 4 oylik sher bolasini tug‘ilgandan buyon boqib kelayotganligi aniqlandi.
Shu bugunni o‘zida sher bolasi Toshkent hayvonot bog‘iga olib borilib, mutaxassis ko‘rigidan o‘tkazildi va uning ahvoli yaxshi holatda ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ayni damda mas’ullar tomonidan Toshkent hayvonot bog‘iga sher bolasini topshirish choralari ko‘rilmoqda. Holat batafsil o‘rganilib, qo‘shimcha ma’lumot beriladi.