Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxs do‘kon yoniga o‘rnatilgan xayriya qutisini o‘g‘irlab ketgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Joriy yilning 28 yanvar kuni soat taxminan 18.00 larda noma’lum shaxs Yangihayot tumani, “Tashabbus” mahallasi hududidagi do‘konlarning biri oldida o‘rnatilgan ehson qutisini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan fuqaro D.I. aniqlanib, qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.