Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi yetti yo‘nalishdan iborat etib belgilandi- Shavkat Mirziyoyev

A A A
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi yetti yo‘nalishdan iborat etib belgilandi- Shavkat Mirziyoyev

"...Taraqqiyot strategiyasi doirasida:

Birinchidan, erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish, inson qadri-qimmati va uning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan, keng ko‘lamli islohotlarimiz yangi pog‘onaga ko‘tariladi.

Bu borada millati, tili va dinidan qat’i nazar, yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning, butun xalqimizning farovonligini ta’minlashga xizmat qiladigan “Yangi O‘zbekiston – xalqchil va insonparvar davlat” g‘oyasini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratamiz.

Shu asosda mahalliy boshqaruv organlarining joylarda muammolarni hal etishdagi roli va mas’uliyatini yanada kuchaytiramiz. Buning uchun kelgusida davlat funksiyalarining katta qismi, markazdan hududlarga o‘tkaziladi.

Jamiyat boshqaruvining tayanch bo‘g‘ini bo‘lgan, islohotlar samarasi bevosita aks etadigan mahalla tizimini hokimliklar bilan bog‘lash maqsadida har bir mahallada hokim yordamchisi lavozimi joriy etiladi.
Hokim yordamchisi yangi ish o‘rinlarini yaratish va kambag‘allikni qisqartirishga mas’ul bo‘ladi. Mahalla raisi esa ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish, oila va mahallada sog‘lom muhitni shakllantirishga javob beradi.

Shu bilan birga, mahallalarda yoshlar masalalari bilan muntazam shug‘ullanadigan Yoshlar ishlari agentligining vakili ham bo‘ladi.
Bundan tashqari, hokimliklar va mahallalarning moliyaviy imkoniyatini kengaytirish maqsadida tuman byudjeti qo‘shimcha manbalar bilan ta’minlanib, mahallaning alohida jamg‘armasi shakllantiriladi.

Kiritildi: 11:24 06.11.2021. O'qildi: 4962 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!