Bugun 24 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Yangi O‘zbekiston bog‘i atrofida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi

Yangi O‘zbekiston bog‘i atrofida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi

Joriy yilning noyabr–dekabr oylari davomida Yangi O‘zbekiston «Olimpiya cho‘qqilari» sport musobaqalarining respublika final (uchinchi) bosqichi – «Prezident Olimpiadasi» musobaqalari o‘tkaziladi. Bu haqda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi ma’lum qildi. Qayd etilishicha, musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish va xavfsizligini ta’minlash maqsadida 24 noyabrdan 4 dekabrga qadar quyidagi yo‘nalishlarda avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi: •Yangi O‘zbekiston ko‘chasidan yangi mehmonxonalar tomon harakatlanish («Yangi O‘zbekiston bog‘i» chegarasi bo‘ylab); •Milliy bog‘ ko‘chasidan yangi mehmonxonalarga harakatlanish. Qayd etilishicha, ushbu cheklovlar faqat oddiy avtotransport vositalariga taalluqli bo‘lib, maxsus avtoulovlar (tez yordam, o‘t o‘chirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va h.k.) uchun mustasno hisoblanadi. Tashkilotchilar yo‘llardagi vaqtincha noqulayliklar uchun fuqarolardan uzr so‘rab, musobaqa ishtirokchilariga omad va g‘alaba tilagan.

Kiritildi: Bugun 15:49. O'qildi: 231 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!