O‘zbekiston 4G mobil aloqa tizimi bo‘yicha oxirgi o‘rinni egalladi. Bu haqda "Opensignal" manbasi o‘z hisobotida ma’lum qildi. Natijalarga ko‘ra, O‘zbekistonda abonentlar 49,9 foiz holatda 4G ga ulana olishadi.
Bu borada birinchi o‘rinni Janubiy Koreya egalladi (97,5%), ikkinchi o‘rin esa Yaponiyaga nasib etdi (96,3%). Uchlikni Norvegiya tugatib berdi (95,5%).
O‘zbekiston 4G ga ulanish borasida 50 foizdan kam ko‘rsatkich qayd etgan yagona mamlakat bo‘ldi. Bizdagi natija hatto Iroq, Nigeriya va Ekvadornikidan ham yomonroq.