Bugun 6 yanvar, 2025 yil, dushanba

КИР

Yangi Orleandagi terakt qurbonlari soni 15 kishiga yetdi

Yangi Orleandagi terakt qurbonlari soni 15 kishiga yetdi

Yangi Orleandagi (AQShning Luiziana shtati) terakt qurbonlari soni 15 kishiga yetdi, yana 35 kishi jarohat oldi. Bu haqda shahar sud-tibbiyot eksperti Duayt Makkin bayonotiga tayanib, CBS telekanali ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, tergov jarayoni bir necha kun davom etadi. Ular tugallanib, yaqinlariga xabar berilgach, qurbonlarning shaxsi e’lon qilinadi.

Hodisa 1 yanvarga o‘tar kechasi Yangi Orleanda sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi Ford F-150 Lightning pikapida qasddan olomon orasiga kirib borgan, shundan so‘ng u o‘t ochgan va polisiya tomonidan bartaraf etilgan. Federal qidiruv byurosi hodisani terakt sifatida baholamoqda. Terakt ijrochisi va terrorchi tashkilotlar o‘rtasida ehtimoliy aloqa o‘rnatilmoqda.

Kiritildi: 11:22 02.01.2025. O'qildi: 755 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!