Bugun 29 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Yangi farmon: Ijtimoiy reestr orqali nafaqa va yordamlar — kim va qanday tartibda oladi

Yangi farmon: Ijtimoiy reestr orqali nafaqa va yordamlar — kim va qanday tartibda oladi

2026 yildan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi yangicha formatda ishlaydi: oilalar yagona reestr asosida baholanib, nafaqa va yordamlar avtomatik va aniq mezonlar bo‘yicha tayinlanadi.

2026 yil 1 fevraldan “Ijtimoiy himoya yagona reestri” va Kambag‘al oilalar reestri asosida yagona Ijtimoiy reestr yuritiladi va unda oilalar ijtimoiy-iqtisodiy holatidan kelib chiqib, “davlat ta’minotidagi oila”, “kambag‘al oila” va “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifalariga ajratiladi.

Bu tartib ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmonida ko‘rsatib o‘tilgan.

Farmonga muvofiq, Ijtimoiy reestr “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida shakllantiriladi.

Shunga muvofiq, bunday oilalar quyidagi toifalarga ajratiladi:

“Davlat ta’minotidagi oila” — agar oila a’zolari mehnatga layoqatsiz bo‘lib, kishi boshiga to‘g‘ri keladigan jami o‘rtacha oylik daromad minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lsa;

“Kambag‘al oila” — mehnatga layoqatli a’zolari mavjud bo‘lgan, biroq ularning har biriga to‘g‘ri keladigan jami o‘rtacha oylik daromad minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lgan oilalar;

“Kambag‘allik chegarasidagi oila” — oila a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan jami o‘rtacha oylik daromad minimal iste’mol xarajatlarining 1 baravaridan 1,5 baravarigacha bo‘lgan holatlar.

Davlat ta’minotidagi oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam ularning bandligiga qaramasdan, avtomatik tarzda to‘lab boriladi. Kambag‘al oilalarga nafaqa 6 oyga tayinlanadi va mehnatga layoqatli a’zolarning rasmiy ish bilan ta’minlanishi talab qilinadi.
Kambag‘allik chegarasidagi oilalarga esa yordam 6 oy davomida to‘lanadi, daromad oshgan sari nafaqa miqdori 75 yoki 50 foizgacha kamayib boradi.

Shuningdek, davlat ta’minotidagi oilalar uchun qo‘shimcha ijtimoiy yordam paketi joriy etiladi. Ularga:

uyiga quyosh panellari o‘rnatish uchun subsidiya,

tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish yoki kengaytirish uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Ijtimoiy reestrga kiritish yoki undan chiqarish bo‘yicha kelishmovchiliklarni hal qilish uchun 2026 yil 1 fevraldan tuman va shahar hokimliklari huzurida apellyasiya kengashlari tashkil etiladi. Ular mustaqil faoliyat yuritib, qarorlarni qayta ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘ladi.

Kiritildi: Bugun 13:54. O'qildi: 310 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!