Bugun 10 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

❗️Yangi cheklov: bir fuqaro bir bankda 5 tagacha, barcha banklarda esa 20 tagacha bank kartasini ochishi mumkin

Markaziy bank tomonidan bitta jismoniy shaxsga (bitta JSHSHIRga) emissiya qilinadigan kartalar sonini bitta bankda 5 tagacha, barcha banklarda 20 tagacha cheklash bo‘yicha vaqtinchalik tartib ishlab chiqilgan.

Mazkur tartib ijrosi bo‘yicha tijorat banklariga XFU xat yuborilgan. Tartib 2025 yilning 1 yanvaridan 31 dekabriga qadar amal qilishi belgilangan.

Bunda kartalar soni virtual va kobeydjing kartalarini inobatga olgan holda belgilanishi ko‘zda tutilgan.

Cheklovlar chet el valyutasida ochilgan bank kartalariga tadbiq etilmaydi.

Shuningdek, banklarga jismoniy shaxsning bank kartalarida (jumladan virtual kartasida) 12 oy davomida hech qanday amaliyot bajarilmagan bo‘lsa, ushbu kartalar bloklanishi va karta egasiga xabar berilishi ham yuklatilgan.

Kiritildi: 13:56 09.01.2025. O'qildi: 343 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!