Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

“Yandeks. Taksi” lisenziyasiz haydovchilar haqidagi xabarga rasmiy izoh berdi

A A A
“Yandeks. Taksi” lisenziyasiz haydovchilar haqidagi xabarga rasmiy izoh berdi

“Yandeks.Taksi”ning xalqaro strategiya bo‘yicha direktori Aram Sargsyan O‘zbekistonda “Yandeks.Taksi” tizimida ishlayotgan 26 nafar noqonuniy haydovchi aniqlangani haqidagi xabarga quyidagicha izoh berdi.

“Yandeks.Taksi – bu mobil ilova bo‘lib, u mahalliy foydalanuvchilarni mahalliy taksoparklar bilan bog‘lash uchun ishlatiladi. Biz – yo‘lovchi tashuvchi emasmiz. Bizda o‘z mashina yoki haydovchilarimiz yo‘q. Biz faqat mahalliy yuridik shaxslar – taksopark va dispetcherlik xizmatlari bilan ishlaymiz. Shu sabali lisenziya olish uchun javobgarlik, haydovchilarni tekshirish va boshqa masalalar ularning zimmasida.

Lisenziyasi yo‘q haydovchilar xaqidagi xabarni biz tasdiqlay yoki inkor eta olmaymiz, chunki biz haydovchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilmaymiz. Lekin biz bilan shartnoma imzolagan hamkorlarimiz O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini ijro etish majburiyatini o‘z zimmalariga oladilar. Agar biz bunday qonunbuzarliklardan xabar topsak, albatta hamkorimizdan buni aniqlashni so‘raymiz.

Eslatib o‘tamiz, biz O‘zbekistonning mahalliy va davlat organlari bilan doimiy ravishda aloqadamiz va birgalikda mahalliy taksi xizmatlari bozorini qonuniylashtirish haqida ishlamoqdamiz», — deyilgan kompaniya xabarida.

Uznews.uz xabariga asosan.

Kiritildi: 01:20 28.05.2018. O'qildi: 1774 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!