Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Yana bir tashkilot Ukrainaning kredit reytingini pasaytirdi

A A A
Yana bir tashkilot Ukrainaning kredit reytingini pasaytirdi

S&P xalqaro reyting agentligi Ukrainaning xorijiy valyutadagi uzoq muddatli kredit reytingini CCC+ dan CC ga tushirdi. 30 iyul kuni agentlik saytida ma’lum qilinishicha, uzoq muddatli reyting prognozi salbiy.

Shu bilan birga, agentlik Ukrainaning xorijiy valyutadagi qisqa muddatli reytingini "C"va milliy valyutada "B-/B" darajasida tasdiqladi. S&P ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainaning grivnadagi davlat qarzi defoltlarga nisbatan kamroq himoyasiz.

Salbiy prognoz Ukrainaning iqtisodiy, to‘lov balansi va Rossiya bilan mojarodan kelib chiqqan fiskal bosim bilan bog‘liq bo‘lgan qarzni qayta tuzish rejalarini hisobga olgan holda, Ukrainaning tijorat qarzlariga xizmat ko‘rsatish to‘lovlari uchun yuqori xavflarni aks ettiradi.

"Biz Ukraina hukumati tashqi qarzlarining bir qismini to‘lashni deyarli to‘xtatishiga ishonamiz". — dedi reyting agentligi.

20 iyul kuni Ukraina Vazirlar Mahkamasi tashqi qarzlarni to‘lashni ikki yilga kechiktirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Qaror kuchga kirishi uchun Kiyev kreditorlar bilan yangi shartlarni kelishib olishi kerak. Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada, AQSH, Fransiya, Yaponiyani o‘z ichiga olgan Ukrainaning xalqaro kreditorlar guruhi Kiyevning qarzga xizmat ko‘rsatishni 1 avgustdan 2023 yil oxirigacha kechiktirish haqidagi iltimosini qo‘llab-quvvatladi va obligasiya egalariga ushbu talabga rozi bo‘lishni tavsiya qildi.

Kiritildi: 12:21 30.07.2022. O'qildi: 2410 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!