Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Yana bir soha vakillarining oyligi oshirildi

Yana bir soha vakillarining oyligi oshirildi

Fuqarolar yig‘ini raisi va mas’ul kotibi oyligi oshiriladi.

Prezident Farmoniga asosan fuqarolar yig‘ini qarorini bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi.

Fuqarolar yig‘inlari tomonidan foydalanib kelinayotgan davlat mulki bo‘lgan binolar fuqarolar yig‘inlariga mulk huquqi bilan beriladi.

2019 yil 1 iyundan fuqarolar yig‘inlari xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman (shahar) kengashlari raislarining birinchi o‘rinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi.

Fuqarolar yig‘inlari raislari va mas’ul kotiblari oylik ish haqi joriy yil 1 maydan 1,25 baravarga va 1 oktyabrdan 1,2 baravarga oshiriladi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritildi.

Mahalla teleradiokanali fuqarolar yig‘inlari faoliyatini yoritish masalalari bo‘yicha Respublika kengashining bosh axborot hamkori etib belgilandi.

2019 yil 1 iyulgacha fuqarolar yig‘inlari yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘i milliy segment ma’lumotlarini uzatish tarmog‘iga ulanadi hamda ular uchun imtiyozli tarif tasdiqlanadi.

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvargacha Elektron hukumat tizimi doirasida Mahalla elektron ma’lumotlar bazasi ishga tushiriladi.

Kiritildi: 14:41 04.04.2019. O'qildi: 4286 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!