Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston Osiyo va Okeaniya Kubogi finalida!

O‘zbekiston Osiyo va Okeaniya Kubogi finalida!

Bugun, 30 aprel kuni soat 19:30da finalda O‘zbekiston terma jamoasining Tayland jamoasi bilan matchi bo‘lib o‘tadi. Yarim final uchrashuvida BAA terma jamoasi ishonchli tarzda mag‘lub etildi.

O‘zbekiston Osiyo va Okeaniya Kubogi finalida!

O‘zbekiston Osiyo va Okeaniya Kubogi finalida!

O‘zbekiston Osiyo va Okeaniya Kubogi finalida!

O‘zbekiston Osiyo va Okeaniya Kubogi finalida!

Dushanba kuni erta tongda Hakamlar qo‘mitasidan xabar keldi - Quvayt va Indoneziya jamoalari Reglamentni buzgani uchun diskvalifikasiya qilindi. Eslatib o‘tamiz, quvaytliklar O‘zbekistonga qarshi o‘yinni yakunlay olishmagan, Indoneziya borasida esa ba’zi futbolchilarning sport fuqaroligi bilan bog‘liq muammolari aniqlangan. Shu munosabat bilan to‘qqizinchi o‘rin uchun match bekor qilindi va yarim finalda O‘zbekistonning raqibi «B» guruhida uchinchi o‘rinni egallagan BAA terma jamoasi bo‘ldi.

Match oldidan hakamlarning navbatdagi xabarlari biroz ranjitdi - birdaniga uch nafar o‘zbekistonlik xokkeychi diskvalifikasiya qilindi - himoyachilar Xusan Rahimov va Temur Bagautdinov, shuningdek, forvard Ruslan Sultanov, oxirgi ikki nafar o‘yinchi esa naq ikkita o‘yinga chetlashtirildi. Bir yil davomida tayyorgarlik ko‘rilgan turnirning hal qiluvchi o‘yinlarini o‘tkazib yuborish alam qiladi, albatta.

Yarim finalda BAAga qarshi o‘yinda tarkib o‘yinchilarining yo‘qligi bilinmadi ham – guruhdagi ustunlik ularga raqib bilan muammosiz kurashish imkonini berdi. Navbatdagi ko‘p ochkolar o‘yini 8 (4+4) ochko jamg‘argan Jasurbek Rustamxonov hisobiga yozildi. Uning uchlikdagi sherigi Salohiddin Azimov biroz soyada qolgan bo‘lsada, himoyachi Loren Petrosyan o‘zini a’lo darajada ko‘rsatib, shayba dublini qayd etdi. Matchning o‘ninchi shaybasi, ayniqsa, chiroyli chiqdi - Rustamxonov o‘z darvozasidan Ilya Popovga chuqur uzatmani amalga oshirdi, ikkitaga bir o‘yinchi kombinasiyasi va yakundagi Albert Dadaxodjayevga a’lo darajadagi uzatma.

Uchinchi davrda O‘zbekiston terma jamoasi quvvatni tejagan holda o‘ynab, bor-yo‘g‘i ikkita shayba urishga muvaffaq bo‘ldi. Bosh murabbiy Abdumajid Nasirovning o‘yindan so‘ng aytganidek, maqsad diskvalifikasiyaga uchramasdan, o‘yinni xotirjam yakunlash edi. Ikkinchi yarim finalda Tayland terma jamoasi Mo‘g‘ulistonni 7:4 hisobida mag‘lub etdi.

O‘zbekiston - Tayland o‘rtasidagi final o‘yini 30 aprel seshanba kuni soat 19:30da bo‘lib o‘tadi. Yigitlarimizni orzu qilgan kubok uchun kurashda qo‘llab-quvvatlash juda muhim. Chiptalar ITicket.uz saytida. Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoalar turnirda allaqachon guruh bosqichida to‘qnash kelishgan va o‘shanda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 7:5 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Kiritildi: 12:26 30.04.2024. O'qildi: 1817 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!