Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Turkman pomidorlari Tojikiston bozorida o‘zbek pomidorlarini bozordan chiqarib yubordi

Turkman pomidorlari Tojikiston bozorida o‘zbek pomidorlarini bozordan chiqarib yubordi

East-fruit tahlillariga ko‘ra, hozirgi vaqtda Tojikistonning ulgurji bozorlarida Turkmanistondan olib kelingan issiqxona pomidorlarining mutlaq ustunligi qayd etilgan. Ajoyib ko‘rinish va zamonaviy qadoqlash bilan bu pomidorlar ham narx jihatidan juda raqobatbardoshdir. Shuni ham ta’kidlash kerakki, turkman pomidori o‘zbek issiqxona mahsulotlarini Tojikiston bozoridan butunlay chiqarib yuborgan.

"Barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlangan, gaz-suv resurslariga boy turkmanlar asta-sekin o‘z zaminida issiqxonalarni haddan tashqari kengaytirib, qishda ham bejirim poliz ekinlarini ko‘paytirish hadisini o‘zlashtirib olishmoqda. Natijada, birgina turkman pomidori ko‘plab mamlakatlarga eksport qilinadigan bo‘ldi", deyiladi Uzb_Meteo Telegram kanali xabarida.

Kiritildi: 17:11 30.04.2024. O'qildi: 3154 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!