Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Yana bir qurbon! Sirdaryoda koronavirusga chalingan erkak vafot etdi

Yana bir qurbon! Sirdaryoda koronavirusga chalingan erkak vafot etdi

Guliston tumanida yashagan 69 yoshli T. S. (erkak)da 11 iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va Sirdaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimasiya bo‘limiga yotqizilgan.

Bemorga miokard infarkti, COVID-19 infeksiyasi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Mutaxassislar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

Bundan avval 29 iyun kuni bemor miokard infarkti tashxisi bilan Guliston tumani markaziy shifoxonasida davolangan. Shuningdek, bemorda gipertoniya kasalligining va semizlikning 3-darajalari borligi aniqlangan.

Ushbu hamroh kasalliklar fonida tashxis qo‘yilgan kasallik asoratlari hisobiga ahvoli keskin og‘irlashgan bemor, mutaxassislar tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimasion choralarga qaramasdan, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi  
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 23:47 18.07.2020. O'qildi: 2556 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!