Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Yana bir davlat Filipp Kirkorovni "qora ro‘yxat"ga kiritdi

Yana bir davlat Filipp Kirkorovni "qora ro‘yxat"ga kiritdi

Latviya hukumati rossiyalik xonanda Filipp Kirkorov, badiiy gimnastika bo‘yicha murabbiy, Alisher Usmonovning rafiqasi Irina Viner-Usmonova, qiziqchi Yevgeniy Petrosyanni "qora ro‘yxat"ga kiritdi. Bu haqida mamlakatning Tashqi ishlar vaziri Edgards Rinkevichs ma’lum qilgan. Uning aytishicha, ushbu holatga tilga olib o‘tilgan taniqli shaxslar tomonidan Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari qo‘llab-quvvatlangani sabab bo‘lgan.

Rinkevichs "qora ro‘yxat"ga tushgan shaxslar Latviya hududiga kira olmasliklarini qilgan. Hukumat Rossiya fuqarolari uchun ham qator sanksiyalar joriy etgan. Misol uchun, joriy yilning aprel oyida Latviyada Rossiya va Belorusiya fuqarolariga 2023 yilning 30 iyun sanasiga qadar yashash huquqini olish imkoniyati bekor qilingan.

Avvalroq, Latviya hukumati Polina Gagarina, Mixail Boyarskiy, Sergey Bezrukov, Timati kabi ko‘plab mashhur yulduzlarni ham Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlarini qo‘llab-quvvatlagani uchun "qora ro‘yxat"ga kiritgan edi.

Filipp Kirkorov va Polina Gagarina esa kelgusi 5 yil ichida Estoniya hududiga kirish imkoniyatidan mahrum bo‘lganlar.

Kiritildi: 06:20 11.05.2022. O'qildi: 3950 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!