Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Yana bir avtoterrorchi 9 yoshli qizaloqning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Yana bir avtoterrorchi 9 yoshli qizaloqning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Toshkent shahar Sergeli tumanida BYD 9 yoshli maktab o‘quvchisini urib yubordi. Bu haqda IIBB xabar berdi.

Keltirilishicha, holat 19-sentyabr kuni soat taxminan 13:45 larda Sergeli tumani, Fayzli Toshkent ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1983 yilda tug‘ilgan M.A. BYD rusumli, davlat raqam belgisi 01 444 VFA bo‘lgan avtomashinada harakatlanib, piyodani urib yuborgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida voyaga yetmagan 2015 yilda tug‘ilgan L.S. olgan tan jarohatlari sababli kasalxonaga olib borilgan vaqtda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:09 20.09.2024. O'qildi: 1919 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!