Isroil bosh vaziri Isroil chegaralaridan 1800 kilometr uzoqlikda hutiylar tomonidan harbiy maqsadlarda foydalanilgan portga muvaffaqiyatli zarba berish uchun harbiylarga minnatdorchilik bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum hutiylarning Tel-Avivga yaqinda uyushtirgan zarbasiga javob bo‘lgan, natijada tinch aholi halok bo‘lgan.
Men Isroilning dushmanlariga aytmoqchiman: bizning haqimizda xato qilmang. Biz o‘zimizni barcha jabhalarda barcha vositalar bilan himoya qilamiz. Bizga ziyon yetkazgan har bir kishi o‘zining tajovuzkorligi uchun juda katta narx to‘laydi,- dedi Netanyaxu.