Yaman qurolli kuchlari dron amaliyotlari orqali Isroil rejimiga tegishli to‘rtta muhim ob’ektini nishonga oldi.
Yaman qurolli kuchlari matbuot kotibi Yahyo Saree ma’lum qilishicha, dronlar bo‘limi olti dron yordamida Xayfa, Negev, Um al-Rashrash (Eylat) va Beer-Sheva hududlarida joylashgan muhim ob’ektlarga to‘rtta harbiy operasiya amalga oshirgan.
Bayannomada ta’kidlanishicha, ushbu amaliyotlar o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarga muvaffaqiyatli erishgan.
Sareega ko‘ra, sionistik rejimning ommaviy qirg‘inlar, ochlik va aholini majburiy ko‘chirish orqali Falastin masalasini yo‘q qilish rejasi davom etsa, bu barcha arab va islomiy mamlakatlar uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Falastin masalasining yo‘qotilishi boshqa millat va davlatlarga tajovuz uchun zamin yaratadi. Shu bois, u arab va islom mamlakatlarini G‘azodagi muqovamatni ummatning ilk himoya chizig‘i sifatida qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan.
Bayannoma so‘nggida yordam amaliyotlari tajovuz to‘xtab, G‘azo sektoridagi qamal bekor qilinguniga qadar davom etishi qayd etilgan.