Harakat matbuot kotibi Nasriddin Amerning X ijtimoiy tarmog‘ida yozishicha, AQSh tomonidan Sana janubidagi ob’ektlarga uyushtirilgan hujumlar oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lgan, 10 kishi jarohat olgan. Shuningdek, husiylar mamlakatning boshqa hududlariga ham hujumlar bo‘lgani haqida xabar berdi. Shu bilan birga, Vashington rasmiy ravishda bu hujumlar haqida hech qanday bayonot bergani yo‘q.
Ushbu hujumlar fonida husiylar Isroil tomon ikkita ballistik raketa uchirganliklarini ma’lum qilishdi. O‘z navbatida Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) bu hujum qaytarilganini bildirdi.