Bugun 14 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Yamal tarixiy rekord o‘rnatdi

Yamal tarixiy rekord o‘rnatdi

«Barselona» Ispaniya chempionatining 31-turi doirasida o‘z maydonida «Espanyol»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.

Kataloniyaliklar vingeri Lamin Yamal ushbu o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Bu uchrashuv uning La Ligadagi 100-o‘yini bo‘ldi. Shu paytda u 18 yosh 272 kunlik edi.

Shu tariqa, u Raul Gonsalesga tegishli rekordni yangiladi. «Real Madrid» sobiq hujumchisi 100-o‘yinini 19 yosh 284 kunligida o‘tkazgan edi.

Eng yoshlar ro‘yxatida, shuningdek, Iker Muniain (19 yosh 293 kun), Xoseba Echeberriya (20 yosh 177 kun) va Boyan Krkich (20 yosh 203 kun) ham bor.

Kiritildi: 10:19 12.04.2026. O'qildi: 660 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!