“Chelsi” futbolchisi Eden Azar kelajagi borasida bir qarorga keldi.
“Real” klubi belgiyalik futbolchi bilan klubdan ketgan Krishtianu Ronalduning o‘rnini to‘ldirishni mo‘ljallagan. “Chelsi” rahbariyati esa yetakchisini o‘z safida olib qolishni niyat qilgandi. Antonio Konte davrida Azarning “Real”ga o‘tishi bir qadar oydinlashgan bo‘lsa, Maurisio Sarri davrida bu masala boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Aslida, hammasi Azarning o‘ziga bog‘liq bo‘lib qolgandi.
“The telegraph” nashrining xabar berishicha, belgiyalik futbolchi Sarrining rejalariga ishongan va Londonda qolishga qaror qilgan. Ammo u 2020 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasini uzaytirmoqchi emas. Ma’lumot uchun, Sarri “Chelsi” bilan Angliya chempionligi va Chempionlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritish niyatida.